Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan sessiyasida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi J.Nasriddinov aholiga murojaat qildi

Ta’kidlanishicha, 2020 yil 1 dekabr holatida tumanda 3094 tadbirkorlik sub’yekti faoliyat ko‘rsatmoqda. 11 oyda 1235 yangi xo‘jalik sub’yektlari tashkil qilindi.

Tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan tumandagi 2504 ta yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik loyihalariga 143 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi.

Xususan, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 862 loyihaga 23,4 mlrd. so‘m, “Fermer, dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” hisobidan 92 loyihaga 3,9 mlrd. so‘m, hunarmandchilik sohasidagi 51 loyihaga 1,5 mlrd.so‘m, xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hisobidan 17 loyihaga 500 mln.so‘m, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi asosida 9 loyihaga 400 mln.so‘m imtiyozli bank kreditlari ajratildi.