Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglari tuzildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida
Samarqand viloyat hududiy saylov komissiyasi QARORI
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 9, 20 va 88-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 5 iyundagi 1338-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi QAROR QILADI:
1. Viloyat hokimining «Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglari haqida»gi taqdimnomasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglari ilovaga muvofiq tuzilsin.
3. Ushbu qaror hududiy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari S.Nazarov zimmasiga yuklansin.
Samarqand viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi X.Muhammadiyev
2024 yil 7 avgust
№13
***