Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq qirq uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
Samarqand viloyati hokimining QARORI
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan QAROR QILAMAN:
- Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq qirq uchinchi sessiyasi 2021 yil 24 sentyabr kuni soat 10:00 da chaqirilsin.
- Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
- viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i A.Bahromovning “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Samarqand shahar dehqon bozorlaridagi ijrosini o‘rganish natijalari yuzasidan hisoboti;
- viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Z.Abdullayevning viloyatda joylashgan moddiy madaniy meros ob’yektlari va boyliklarni aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, asrash va ulardan oqilona foydalanish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini but saqlash masalalari bo‘yicha axboroti;
- viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i B.Negmatovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-sonli qarorining viloyatda uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish hamda ko‘p qavatli uy-joylarni saqlash borasida olib borilayotgan ishlari yuzasidan hisoboti;
- boshqa masalalar.
- Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.
Viloyat hokimi E.Turdimov
2021 yil 15 sentyabr