Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilardan onlayn ta’lim olayotgan o‘quvchilarning baholarini sun’iy ravishda pasaytirmaslikni talab qiladi

Xalq ta’limi vazirligiga fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida onlayn tarzda ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘zlashtirish va bilimlarini baholashda an’anaviy tarzda o‘qiyotgan o‘quvchilarni pastroq baholash hollari uchrayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmoqda.

Shuni inobatga olgan holda Xalq ta’limi vazirligi barcha hududiy boshqarmalardan onlayn ta’lim olayotgan o‘quvchilarning baholarini sun’iy ravishda pasaytirilishiga yo‘l qo‘ymaslikni qat’iy talab qiladi.

Maktab o‘qituvchilaridan o‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasini baholash jarayonida, ularning ta’lim olayotgan shaklidan qat’iy nazar o‘quvchi bilimlari, ko‘nikma va malakalariga baho haqqoniylik va ishonchlilik tamoyillariga rioya etgan holda baholashni ta’minlash talab etiladi.