Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishlab tadbirlar o‘tkazildi
Samarqandlik yosh sportchilar 23 iyun – Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishlab "Birlashib katta kuchmiz!" shiori ostida onlayn tarzda o‘tkazilgan Olimpiya halqasi tasvirlangan suratlar tanlovida faol ishtirok etdi.
Undan tashqari, Jomboy tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida Xalqaro Olimpiya kuni munosabati bilan “Sport - sog‘lik garovi!” shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi.
- Tadbirlarimiz karantin qoidalariga to‘liq amal qilingan holda o‘tkazildi, - deydi tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori E.Amediyev. – Unda asosan sportning futbol, basketbol, noan’anaviy mashqlardan to‘pni bir-biriga uzatish, to‘pni ikki oyoqda tepish, badantarbiya mashqlari, texnik va taktik mashqlar, ertalabki badantarbiya, badiiy gimnastika predmetsiz va predmetli mashqlar bajarish, taekvando VTF turlaridan sportchi yoshlarimiz faol qatnashdi.
Ahror ShAMSIYeV.