Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar jinoyatchi O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekiston, Ukraina, Polsha va Turkiya Interpol MMB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor harakatlari hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi vakillarining bevosita yordami bilan og‘ir jinoyatlar sodir etgan ikki nafar jinoyatchi O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Ma’lum qilinishicha, qidiruvdagilardan biri giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqt davomida chet elda yashirinib kelgan va tezkor tadbirlar natijasida Ukraina interpol MMB xodimlari tomonidan ushlangan.

Ikkinchisi, O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqda jinoyatchi tomonidan yaratilgan moliyaviy piramidaga 2 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritgan, 2 mingdan ortiq fuqaroni aldagan. Ikkinchi yirik kripto firibgar ham xorijiy davlat hududida aniqlandi va hibsga olindi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma tasdiqlangandan so‘ng, Interpol MMB xodimlari hamrohligida jinoyatchilar munosib jazo olish uchun O‘zbekistonga olib kelindi.