Xarid chekini tashlab yubormang. U orqali “Nexia 3” yutishingiz mumkin

Oramizda omad to‘satdan kulishiga ishonuvchilar ko‘p. Hatto kattaroq yutuq orzusida tinmay lotereya o‘ynashga harakat qiladiganlar uchrab turadi. Lotereya uchun esa pul sarflashingiz kerak. Har kuni ehtiyojimiz uchun xarid qilamiz. Xaridimiz uchun chekni so‘ramaymiz, mabodo bersa ham tashlab yuboramiz.

Siz xaridingiz uchun onlayn nazorat kassa mashinasi (NKM)dan berilgan xarid chekini tashlab yubormang, shunchaki, telefoningizdagi Soliq mobil ilovasidan QR kodni yoki xarid chekining 12 xonali fiskal belgisini 1077 qisqa raqamiga SMS tarzida yuborish orqali ro‘yxatdan o‘tkazib, yutuqli o‘yinlar ishtirokchisiga aylaning.

Ushbu o‘yin orqali qimmatbaho sovrinlarning birining yoki super yutuq Chevrolet “Nexia 3” avtomobiling sohibiga aylanishingiz mumkin.

Hurmatli samarqandliklar! Navbatdagi tiraj 18 noyabr kuni ko‘hna shahrimizda o‘tkaziladi.

Aynan Samarqandda sizning omadingiz kelishi mumkin. Yutuqli o‘yinda faol ishtirok eting!