Xavfsiz mehnatni tashkil etganlar rag‘batlantirildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mingga yaqin mehnat jamoalari ishtirok etgan mazkur tanlovda mehnatni muhofaza qilishda eng yaxshi natijalarga erishgan, xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratgan va ularning mehnat muhofazasiga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishda faollik qilgan eng yaxshi kasaba uyushma tashkilotlari aniqlandi. Shuningdek, mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda tashkilotchilik qilgan eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillari ham ma’lum bo‘ldi.
Tanlovda «Eng yaxshi tashkilot», «Eng yaxshi kasaba uyushmasi qo‘mitasi» hamda «Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil» nominatsiyalari bo‘yicha «Samarqand magistral gaz quvurlari» boshqarmasi g‘oliblikni egallagan bo‘lsa, Byujetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi “Eng yaxshi kasaba uyushmasi qo‘mitasi“ deb topildi.
«Eng yaxshi tashkilot» nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni Payariq tumani tibbiyot birlashmasi egalladi.
G‘oliblar ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.
Dilmurod TO‘XTAYeV.