Xayriya, saxovat va ko‘mak tadbirlari davom etyapti
Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, nodavlat notijorat tashkilotlari, “Yuksalish” harakati, “Rahmdillik” jamiyati viloyat bo‘limi hamda Ijtimoiy himiya milliy agentligi tuman bo‘limlari hamkorligida Samarqand viloyati bo‘ylab xayriya tadbirlari davom etmoqda.
Jumladan, Toylok, Past Darg‘om, Nurobod va Samarqand tumanlarida nogironligi bo‘lgan fuqarolar, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Ramazon oyida tumanimizda ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolarga qariyb to‘rt milliard so‘m moddiy yordam sifatida berilgan edi, – deydi Toyloq tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Jamol Jo‘rayev. – Ushbu ezgu tashabbus davom ettirilib, bugun tashabbuskor tashkilotlar hamkorligida 20 ta oilaga o‘n bir turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Shuningdek, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan yuz nafar fuqaroga ishga joylashish, kasb-hunarga o‘qitish, tibbiy yordam va boshqa turdagi amaliy ko‘maklar ko‘rsatilishi natijasida ularning ijtimoiy holati yaxshilanib, reyestrdan chiqarildi.