Xazon va shox-shabbalarni yoqmang!

Bu ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlari, shu jumladan, g‘alladan bo‘shagan somon poyalarini yoqib yuborish “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 24-moddalarining buzilishiga olib keladi.
Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan:
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha;
mansabdor shaxslarga besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Undan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan 2006 yil 25 dekabrda 1647-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan Nizomga muvofiq, somon yoqilishi sababli ushbu yerdagi tuproq unumdorligining kamayishi oqibatida yetkazilgan zarar summasi majburiy tartibda undiriladi.
Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.