Xazonni yoqqanlarga 669 ming so‘mdan 2,2 million so‘mgacha jarima solinadi

O‘zingiz, yaqinlaringiz salomatligiga va atrof-muhit tozaligiga befarq bo‘lmang. Xazonlarni yoqmang.

Xazonlarni nega yoqmaslik kerak? Buning bir nechta asosiy sabablari bor.

👉🏽 Xazon yoqilganda ajralib chiqadigan moddalar inson salomatligi va atrof-muhitga katta zarar yetkazadi (1 tonna xazon yoqilganda 30 kilogramm SO va boshqa zararli moddalar hosil bo‘ladi).

👉🏽 Xazon tutuni atmosferadagi kislorod miqdorini kamaytirib, bunday havodan nafas olgan insonlarda ko‘pgina og‘ir turdagi kasalliklar kelib chiqadi.

👉🏽 Aholi punktlarida shox-shabba yoqish javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

🔰 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa:

👉 fuqarolarga 669 ming so‘mdan 1,1 million so‘mgacha;

👉 mansabdor shaxslarga esa 1,1 million so‘mdan 2,2 million so‘mgacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi.