XDP 4 ming kishining qo‘llab-quvvatlashini reja qilyapti
Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarda ishtirok etish uchun saylovchilar imzosini yig‘ish qizg‘in pallaga kirgan. Jarayonda amaldagi boshqa partiyalar singari Xalq demokratik partiyasi ham faol ishtirok etmoqda.
- Bir necha kun bo‘lgan jarayonda oldimizga aniq maqsad qo‘yganmiz, - deydi partiya viloyat Kengashi xodimi Abdusami Qo‘ziboyev. - Xususan, viloyatdagi 4 ming saylovchining partiyaga xayrixohligini bildiruvchi imzosini to‘playmiz. 15 avgustgacha mo‘ljallangan bu vazifani 12 avgustgacha yakunlamoqchimiz.
Buning uchun joylarda partiyaning hududiy bo‘limlari va boshlang‘ich partiya tashkilotlari kuchidan unumli foydalanilmoqda.