XDPchilar 2025 yilning yarmida qanday loyihalarni amalga oshirdi?

Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashining II plenumi bo‘lib o‘tdi.
Plenumda viloyatdagi barcha tuman va shahar bo‘limlari raislari, partiya faollari, viloyat Kengashi xodimlari va deputatlar ishtirok etdi. Unda O‘zXDP Samarqand viloyati kengashining 2025 yil birinchi yarim yilida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Plenumda 2025 yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar, yil davomida amalga oshiriladigan loyihalar, sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi hamda 2025 yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyiha va dolzarb masalalar belgilab olindi.
Deputat va partiya faollari partiya faoliyatini yanada kuchaytirish, aholi farovonligini oshirish va yosh avlodni tarbiyalash borasida takliflarini bildirdi.
Yig‘ilish so‘ngida viloyat partiya kengashida 2025 yil I yarim yillik reyting natijalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan tuman (shahar) kengashlari raislari taqdirlandi va ularga partiyaning diplom va sovg‘alari topshirildi.