Xitoy bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlanadi

Samarqand xalqaro texnologiya universitetida Xitoyning elektr energiyasini loyihalash shimoliy-sharqiy  instituti (Northeast electric power design institute) va Xitoy energetika muhandislik guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

  Universitet rektori Yusuf Adbullayev yangi ta’lim muassasasining ilmiy salohiyati, kadrlar tayyorlash bo‘yicha reja va dasturlari haqida ma’lumot berdi.

Muloqot davomida 2023 yilda Samarqand xalqaro texnologiya universitetida Xitoy energetika kompaniyalari, Xitoy elektr energiyasini loyihalash shimoliy-sharqiy instituti, shuningdek boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda energetika muhandisligi fakultetini tashkil etishga kelishib olindi, deb xabar bermoqda universitet axborot xizmati.