Xitoy: global yadroviy mojaro muqarrar emas, ammo AQSh Yevropadagi barcha yadro qurollarini olib chiqishi zarur
- 03.08.2022 11:41
- 137
- Xorij

Garchi dunyoda keskinlik saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, yadro mojarosi muqarrar emas. Lekin AQSh Yevropadan barcha yadroviy qurollarini olib chiqishi va ularni dunyoning boshqa mintaqalarida joylashtirmasligi kerak, dedi Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi sharh konferensiyasida Xitoy TIV qurolsizlanish departamenti rahbari Fu Son.
"Dunyoda vaziyat keskin, mojarolar ko‘p, lekin men yadro urushi muqarrar ekaniga ishonmayman. Chunki Xavfsizlik Kengashining barcha doimiy a’zolari "Yadro urushida g‘alaba qozonib bo‘lmaydi va u boshlanmasligi zarur", degan ma’lum formulaga sodiqdir", dedi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ushbu formulaga sodiqligini bildirgan va yil boshida BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zo davlatlari rahbarlari ham bayonot bilan chiqishgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kredit olish oson, uni qaytarish esa...
- 2 soat avval
- Qishloq xo'jaligi
Yaponiyaning Nara shahri hokimi - Samarqandda
- Bugun, 17:50
- Samarqand
Elektr ta’minotidagi muammolar qachon kamayadi?
- Bugun, 17:46
- Samarqand
Mahallangiz nomi ma’nosini bilasizmi?
- Bugun, 17:05
- Samarqand