Xitoyda bir kunda bor-yo‘g‘i 10 ga yaqin koronavirus holati qayd etilmoqda
Ha, dunyoning aksariyat davlatlartda koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilayotgan bir paytda COVID-19 tarqalishi boshlangan Xitoyda har kuni bor-yo‘g‘i o‘nga yaqin koronavirus holati qayd etilyapti, xolos.
Mamlakatda nima sababdan ikkinchi to‘lqin qayd etilmayotganini rossiyalik mutaxassislar RBK telekanaliga bergan intervyuda izohladilar.
Gamaleya epidemiologiya va mikobiologiya ilmiy-tadqiqotlar markazi virusologi Anatoliy Altshteynning garlariga ko‘ra, bu statistikani yashirish bilan bog‘liq emas. “Agar minglab odamlar kasal bo‘lganida, biz bu haqda xabar topardik”, dedi u.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish sonining ko‘p miqdorga oshmayotganligining sababi – bu yuqori intizom va karantin choralarining samaradorligi bilan bog‘liq. Altshteyn Xitoy hukumati “epidemiyani kurtak davridanoq bo‘g‘ishga” muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi.
Sog‘liqni saqlash iqtisodiyoti instituti direktori Larisa Popovich ham intizomni asosiy sabablardan biri deb atadi. “Bundan tashqari, Xitoy deyarli to‘liq tarkibda chegaralarini yopdi. Shuningdek, ushbu mamlakat aholisi Yevropa va Rossiya bilan taqqoslaganda yuqori intizom bilan ajralib turadi”, dedi mutaxassis.