Xitoyda jang san’ati markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 18 kishi halok bo‘ldi
- 25.06.2021 13:38
- 28
- Xorij
Xitoyning markaziy qismidagi Xenan provinsiyasining Shansyu shahridagi jang san’ati markazida yong‘in yuz berdi. Unda 18 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohat oldi, deya xabar beradi Chjenchen okrugi hukumati.
Yong‘in bugun soat 03:00da sodir bo‘lgan. Yong‘in paytida markazda qancha odam bo‘lganligi ma’lum emas.
Barcha jabrlanganlar kasalxonalarga yetkazilgan, to‘rt kishining ahvoli og‘ir, 12 kishi yengil tan jarohati olgan.
Hozirga qadar yong‘in o‘chirilgan, markaz rahbari huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan hibsga olingan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.