Xitoyda yugurish marafoni noqulay ob-havo tufayli fojiaga aylandi
- 23.05.2021 10:41
- 217
- Xorij

Xitoyning Gansu provinsiyasida ultramarafon paytida ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli 20 kishi halok bo‘ldi, bedarak yo‘qolganlar bor, deya xabar qilmoqda Xitoy Markaziy televideniyesi.
100 kilometr masofaga yugurish musobaqasi kecha, 22 may kuni ertalab Bayin shahri yaqinida boshlandi. Sinxua axborot agentligining xabar berishicha, shu kuni marafon tog‘li bosqichiga yetganda do‘l yog‘ib, shiddatli shamol turgan.
Keskin sovuq tushishi tufayli ishtirokchilar jismoniy toliqish his qilib, tana harorati keskin pasaygan. Ularga yordam berish uchun 700 ta qutqaruvchi yuborilgan.
Marafonning 172 nafar ishtirokchilaridan 151 nafari topildi va evakuatsiya qilindi, yengil jarohat olganlar kasalxonaga yotqizildi.
Teglar:
Xitoy
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Baxtmi yoki baxtsizlikmi?
- Kecha, 15:35
- Mutolaa
Ota-onangizdan hech qachon uyalmang
- Kecha, 15:29
- Jamiyat
Artur aka, patirnon va qo‘y go‘shti
- Kecha, 15:25
- Mutolaa