Xitoylik san’atkorlar Samarqandda konsert berdi
Viloyat musiqali drama teatrida Xitoy Markaziy opera teatri san’atkorlari ishtirokida “Quvnoq Xitoy Yangi yili” nomli konsert dasturi namoyish etildi.
Konsert avvalida viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Xitoy ko‘p asrlik tarixga egaligi, keyingi paytda ikki davlat o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borilayotgani hamda yaqinda ushbu mamlakatga tashrif davomida turli sohalarda yangi hamkorlik shartnomalari imzolanganini ta’kidladi.
Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan konsertda xitoylik taniqli san’at ustalari tomonidan Xitoy va G‘arb kompozitorlarining asarlari, Xitoy xalq milliy qo‘shiqlari ijro etildi.
O‘zbekistonlik yosh opera xonandasi Aziz Mamatov ijrosidagi ariyalar ham tomoshabinlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.