Xitoyliklar bilan muloqotlarda tumanlar ham faol
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyga borgan viloyatimiz delegatsiyasi tarkibida 8 ta shahar va tuman hokimlari ham bor.
Ular ham Xitoyning yirik investorlari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Jumladan, Past Darg‘om tumani hokimi Sherzod Rahmonovning bildirishicha, birinchi kunidayoq "BIOYO BIOTEX" korxonasi bilan «Samarqand kamalak invest» tomonidan memorandum imzolangan.
"BIOYO BIOTEX" korxonasi qishloq xo‘jaligida zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
- Erishilgan dastlabki kelishuvga ko‘ra, tumanimizda qishloq xo‘jaligi chiqindilari (g‘o‘za, daraxt qoldiqlari)dan biomahsulotlar tayyorlanadi, - deydi Sh.Rahmonov. - Bundan tashqari, oshxona jihozlari, maxsus idish-tovoqlar hamda polietilen mahsulotlari ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kelishildi.
28 million dollarlik kelishuv
Tashrifning ikkinchi kunida Guanchjou provinsiyasining "Guandong grand tech" korxonasi bilan «Mash’al trans servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan memorandum imzolangan.
Qayd qilinishicha, "Guandong grand tech" qurilish sohasida ishlatiladigan mahsulotlarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi va ayni paytda korxona bilan dastlabki kelishuvga erishilgan.
Xitoylik investor taklif qilayotgan loyiha asosida Past Darg‘om tumanida gidroblok, pardozli panel va boshqa qurilish mollari ishlab chiqarishga kelishib olindi. Loyiha yo‘lga qo‘yilgach, qurilish mahsulotlarini nafaqat ichki bozor chiqarish, balki Markaziy Osiyo davlatlariga faol import qilish reja qilingan.