Xitoyliklar Ishtixonda ko‘p tarmoqli poliklinika tashkil qiladi
Ayni paytda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Guangdong provinsiyasida qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Dastlabki uchrashuv "Royall lii" kompaniyasi rahbariyati bilan o‘tkazilib, unda Ishtixon tumanida ko‘p tarmoqli shifoxona qurish loyihasi muhokama qilindi.
Xinguan Nong Ranch korporatsiyasi bilan o‘tkazilgan muzokarada esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va parrandachilikni rivojlantirish loyihasini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Chongqing Huapu Qingling hamda HPF Group korxonalari rahbarlari bilan misni qayta ishlash, kabel ishlab chiqarish hamda logistika markazini qurish loyihalari yuzasidan muloqot olib borildi.
Uchrashuvda qatnashgan «Nova» assotsiatsiyasi rahbari «Bir kamar — bir yo‘l» doirasida 39 ta xitoylik investorlar bilan Ishtixon tumanida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilganligini ma’lum qildi.
Viloyat hokimining investor va tadbirkorlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.