Xodimga intizomiy jazo qo‘llash tartibini bilasizmi?
Ish beruvchi xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun Mehnat kodeksida belgilangan intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli.
Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim.
Intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.
Xodim qo‘llanilgan intizomiy jazodan norozi bo‘lgan taqdirda 3 oy muddat ichida sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etishga haqli.
Eslatib o‘tamiz, ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi shart.