Qo‘shrabotda xodimini kaltaklagan “SES” boshlig‘i voqeasi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda majlislar zalida ayol kishi xodimlaridan birini kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Tarqalgan xabarlarda xodimini kaltaklagani aks etgan shaxs Qo‘shrabot tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi ekani aytilmoqda.

Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi holat yuzasidan dastlabki munosabatini ma’lum qildi.

“Mazkur xabarlarda keltirilgan vajlar boshqarma tomonidan nazoratga olindi. Ishchi guruhning o‘rganish natijalaridan so‘ng murojaatda keltirilgan holatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi boshqarma xabarida.