Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Erdo‘g‘on Rossiya va Ukraina muzokaralariga tashqi kuchlar aralashuvini tasdiqladi. Zelenskiy “G‘alaba rejasi”ga nima kiritgan?

🔹 Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2022 yilda Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ma’lum lobbichilik doiralari Ukrainadagi mojaroning hal etilishiga to‘sqinlik qilganini aytdi. 

🔹 Bugun Isroil telefon xabarlari orqali Livan aholisiga zudlik bilan uylarini tark etishga chaqirdi. O‘tgan kechada Isroil harbiy-havo kuchlarining Livan janubidagi bugungi zarbalari natijasida 50 kishi halok bo‘lgan, 300 dan ortiq kishi jarohatlangan.

🔹 Ukraina prezidenti Zelenskiy Amerika yetakchisi Jo Baydenga taqdim etadigan “G‘alaba rejasi”da to‘rtta muhim jihati borligi aytildi: Ukraina uchun G‘arbdan xavfsizlik kafolatlari, NATOga qo‘shilishda o‘zaro mudofaa shartnomasi, Ukrainaning Kursk operatsiyasi davomi, "aniq" zamonaviy qurollar va Ukrainaga xalqaro moliyaviy yordam. Beshinchi band urushdan keyinga taalluqli”.

🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika yutuqlari akademiyasining "Insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun" mukofotini oldi.

🔹 Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi agar KXDR chiqindi sharlarini uchirishda davom etsa yoki janubiy koreyaliklarga jiddiy zarar yetkazsa, "qat’iy" harbiy choralar ko‘rishga va’da berdi

🔹 Eronda ko‘mir konida metan portlashi oqibatida kamida 52 nafar konchi halok bo‘lgan, 17 kishi jarohat olgan, 18 nafar konchi 700 metr chuqurlikdagi tunnelda qolib ketgan. Janubiy Xurosonda uch kunlik motam e’lon qilindi.

🔹 Donald Tramp AQShda bo‘lajak prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lsa, 2028 yilda yana saylanishga urinmasligini aytdi.

🔹 Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Livanda minglab peyjer va aloqa qurilmalarining portlatilishi tufayli o‘z a’zolariga barcha turdagi aloqa vositalaridan foydalanishni ta’qiqlagan.

🔹 Isroil prezidenti Isaak Gersog Livandagi “Hizbulloh”   harakati jangarilari 2023 yil 7 oktyabrdagi “HAMAS” hujumiga o‘xshash Isroilga hujum tayyorlaganini da’vo qilmoqda.

🔹 Hizbulloh Isroilning Ramat-Devid aviabazasiga zarba berdi.

🔹 Misrning Asvan viloyatida oddiy infeksiyalardan farq qiladigan oshqozon-ichak trakti kasalliklaridan besh kishi vafot etdi.

🔹 Eronning Shimoliy Xuroson viloyatida 4,7, 4,1 va 5,2 magnitudali zilzilalar yuz berdi, 7 kishi jarohat olgan.