Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Eron Isroilga 24 soat ichida javob berishi mumkin. Eng boy ayollardan biri o‘limga hukm qilindi. Shimoliy Koreya urushga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda
🔹 Eron Isroilning Damashqdagi elchixonasi konsullik bo‘limiga harbiy zarbasi tufayli 24-48 soat ichida javob berishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal ma’lum qildi. Isroil shimoldan yoki janubdan Erondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumga tayyorlanmoqda. Ammo vaziyatning keskinlashuvga olib kelmaslik uchun javob choralari cheklangan bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.
🔹 Isroil qo‘shinlari G‘azo sektorida 2023 yil oktyabr oyida o‘tkazgan harbiy amaliyotini boshlaganidan beri 33,6 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. O‘tgan kunning o‘zida G‘azoda 89 kishi halok bo‘lgan, 120 kishi yaralangan.
🔹 Xoshimin shahri sudi 67 yoshli vetnamlik ishbilarmon ayol Truong Mi Lanni 11 yil davomida mamlakatning eng yirik banklaridan birini talon-toroj qilganlikda ayblab, o‘limga hukm qildi. Van Thinh Phat yirik kompaniyasi rahbari Vetnamda moliyaviy jinoyatlar uchun o‘limga hukm qilingan kam sonli ayollardan biridir. Mi Lan tijorat bankidan 304 trillion (taxminan 12,5 milliard dollar) kredit olgan. U aybini tan olmay, aybni qo‘l ostidagilarga ag‘dargan.
🔹 Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqidan Ukrainani iyun oyidan kechiktirmay tashkilotga qabul qilishni talab qildi. Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqining kelajakdagi a’zoligi bo‘yicha YeI sammiti dekabr oyi o‘rtalarida muzokaralar boshlashga qaror qilgan edi.
🔹 Rossiya va Ukrainaga hozirgi frontdagi mojaroni muzlatishni nazarda tutuvchi yangi tinchlik shartnoma loyihasini Turkiya taklif qildi. Rejada, shuningdek, 2040 yilda Ukrainada davlatning tashqi siyosati bo‘yicha referendumlarni majburiy o‘tkazish, shuningdek, urush muzlatilgan paytda Rossiya ishg‘oli ostida bo‘ladigan Ukrainaning barcha hududlarida xalqaro nazorat ostida referendumlar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.
🔹 AQSh Federal tergov bo‘limi (FTB) mamlakat hududida Rossiyaning "Krokus"idagi terakt takrorlanishidan xavotirda, deya ma’lum qiladi ABC telekanali. FTB direktori Kristofer Reyga payshanba kuni Kongressga terrorchilik tahdidini rasman e’lon qilmoqchi.
🔹 «Ukraina jang maydonida g‘alaba qozonish umidida Rossiya Federatsiyasi bilan muzokara qilishdan bosh tortganida, o‘zini burchakka tiqdi», dedi Rossiya davlat rahbari belarus hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar chog‘ida. Shu bilan birga, Putin Rossiyani jang maydonida mag‘lub etib bo‘lmasligini Ukraina tushunganiga ishonchi komil.
🔹 Kim Chen In urushga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shimoliy Koreya yetakchisi harbiy-siyosiy universitetga tashrifi chog‘ida armiyani har qachongidan ham «urushga tayyorlanishga» chaqirgan.
🔹 Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning Isroil G‘azo shimolidagi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lgan (uch o‘g‘li va to‘rt nabirasi) o‘g‘illari jangari emasligini ta’kidlaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ularning o‘limi G‘azo sektoridagi sulh bo‘yicha muzokaralar borishiga ta’sir qilmaydi, chunki “Falastin xalqi manfaati hamma narsadan ustundir”.
🔹 Belarus Rossiyaning yirik “Orimi” kompaniyasidan choy va boshqa mahsulotlarni olib kirishni taqiqladi. Choy namunalarida mog‘or topilgan.
🔹 Orenburgni suv bosishi davom etmoqda, rasmiylar yaqin kunlarda suv kamayishini kutishayotgan bo‘lsa-da, ayni paytda Ural daryosidagi suv sathi 1129 santimetrga ko‘tarilgan. Shahar hali suv ichida qolmoqda. Bugun to‘g‘on bir qismi o‘pirilishi natijasida hosil bo‘lgan chuqurga yuk mashinalari tushib ketgan.
G.Xoldorova tayyorladi.