Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Eronda diniy yetakchi otib o‘ldirildi. Rossiya Markaziy banki asosiy stavkasi tarixiy maksimal qiymatda
🔹 Bugun Kazerun shahrida juma namozidan keyin noma’lum shaxs diniy yetakchi Muhammad Sabohiyni otib o‘ldirdi. Shundan so‘ng hujumchi o‘z joniga qasd qilgan. Sabohiy kasalxonaga yotqizilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
🔹 Kurdlarning harbiy-siyosiy tashkiloti 23 oktyabr kuni Anqarada sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
🔹 Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 21 foizga oshirdi. Bu mamlakat tarixidagi maksimal qiymat. Mamlakatda inflyasiyani sekinlashtirish uchun asosiy stavka muntazam oshirilmoqda. Bu Rossiya Federatsiyasi hayotining ko‘plab jabhalari: kreditlar, umuman, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirishga ta’sir qiladi. Taqqoslash uchun: Polshada asosiy stavka 5-6 foiz darajasida.
🔹 Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish va Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishda yordam so‘rab Rossiya, Jazoir va Xitoyga murojaat qilgan.
🔹 Ilon Mask 2022 yil oxiridan beri Putin bilan muntazam muloqot qilib keladi, ular “shaxsiy mavzular, biznes va geosiyosiy tarangliklarni” muhokama qiladi. Bu haqda The Wall Street Journal yozadi. AQSh hukumati bundan xabardor, ammo muzokaralarni sir tutmoqda.
🔹 Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi g‘alaba qozonsa, u qamoqqa tushishi mumkinligini tan oldi.
🔹 Xalqaro jinoiy sudi Mo‘g‘uliston Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘z hududida hibsga olishdan bosh tortgani uchun Rim statutini buzgan deb topdi. Ulan-Bator sud bilan hamkorlik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan. Endi ish Rim statutiga a’zo davlatlar Assambleyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
🔹 Shimoliy Koreya qo‘shinlarining birinchi bo‘linmalari shu hafta oxirida Ukrainada jangovar harakatlarga kirishishi mumkin, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. “Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, 27-28 oktyabr kunlari Shimoliy Koreyaning birinchi harbiylari Rossiya tomonidan jangovar zonalarda qo‘llaniladi, deydi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda.
🔹 Oyatulloh Xomanaiy Eron harbiylariga qasos kutilayotgan bir sharoitda Isroil bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi. Oyatulloh harbiylarga Isroil hujumi yuz bergan taqdirda bir nechta favqulodda vaziyatlar rejasini ishlab chiqishni buyurgan. Agar Isroil zarbasi juda jiddiy bo‘lmasa, Eron bunga e’tibor bermaydi, biroq, agar neft yoki yadroviy inshootlarga hujum qilinsa, javob – Isroilga 1000 tagacha ballistik raketa bo‘ladi.
Gulnora Xoldorova tayyorladi.