Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Floridadagi to‘fon minglab uylarni vayron qildi

🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy birinchi marta hozirgi frontda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor ekanligini bildirdi. Italiya gazetasining xabar berishicha, Zelenskiy buning evaziga “AQShdan amerikaliklar Yaponiya, Janubiy Koreya va Filippinga bergan xavfsizlik kafolatlariga o‘xshash xavfsizlik kafolatlarini” talab qilmoqda.

🔹 AQShning Florida shtatiga yopirilgan “Milton” to‘foni ilk qurbonlari qayd etildi. Floridaning 1,1 milliondan ortiq aholisi to‘fon tufayli elektr ta’minotisiz qolgan. Minglab uylar vayron bo‘lgan.

🔹 Qo‘shma Shtatlar Isroil ko‘pincha harbiy amaliyotlar o‘tkazish rejalari haqida so‘nggi daqiqalarda ogohlantirayotganidan norozi.

🔹 Isroil samolyotlari Suriyaning Xoms viloyatida joylashgan Eron muhandislik zavodiga zarba berishdi. Zarbalar davom etmoqda.

🔹 Hizbulloh Isroil shimoliga 40 ga yaqin raketa uchirdi.

🔹 AQSh prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon muloqoti qanday o‘tganini aytishdan bosh tortdi. Taxminlarga ko‘ra, Bayden va Netanyahu boshqalar qatori Isroilning Eronga qarshi harbiy kuch ishlatish variantlarini muhokama qilgan.

🔹 Eron Tashqi ishlar vazirligi: Isroil Yaqin Sharqni falokatga yetaklamoqda.

🔹 Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga chuqur zarba berish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashdan bosh tortdi.

🔹 Afg‘onistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi. G‘affor Teravi millati o‘zbek bo‘lib, diplomatik missiya rahbari etib tayinlangunga qadar Afg‘oniston Oliy sudida tadqiqot bo‘limi direktori lavozimida ishlagan.

🔹 Checheniston rahbari Qodirov Dog‘istonlik senator Sulaymon Kerimov, shuningdek, Davlat dumasi deputatlari Bexan Baraxoyev va Rizvan Qurbonovlar unga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini da’vo qilmoqda va ularga qarshi rasman "qonli qasos" e’lon qildi.

🔹 Tramp AQSh prezidentligi uchun poygada Xarrisdan 1,2 foiz oldinda. AQShda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

🔹 Yaqin Sharqdagi urushlar fonida neft narxi oshib bormoqda. Va buning uchun Isroil Eron neft konlarini bombardimon qilishi shart emas. Har qanday voqelik tezda neft narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda, deydi tahlilchilar.

🔹 Hindiston politsiyasi "vaqt mashinasi" yordamida o‘nlab odamlarni yoshligini tiklashga va’da berib, aldagan er-xotinni qidirmoqda. Ular 4,1 million dollar miqdoridagi firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berilgan. Er-xotin terapevtik markazni boshqargan, u yerda ular "Isroil vaqt mashinasi" va kislorod terapiyasi yordamida qarishni to‘xtatish va hatto yoshlikni tiklashlari mumkinligini da’vo qilishgan.