Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Hizbulloh yetakchisining o‘ldirilishi: dunyo Yaqin Sharqda keng ko‘lamli urushdan xavotirda

🔹Hizbullohning yangi bosh kotibi etib avval ijroiya qo‘mitasi rahbari bo‘lib ishlagan Hoshim Saifidin saylandi. Saifidin o‘ldirilgan Hasan Nasrullohning amakivachchasi.

🔹 Isroil Livanda Hizbulloh qurolsizlanmaguncha o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasligini aytdi.

🔹 Bayden X tarmog‘ida yozadi: "Bu urushda Ukraina g‘alaba qozonadi. "Qo‘shma Shtatlar uni har qadamda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi".

🔹 Kim Chen Inning singlisi Zelenskiyni ahmoq yigit deb atadi. “Bu (Zelenskiyning bayonoti) o‘ylamasdan, siyosiy motivli provokatsiya bo‘lib, uni hech qachon oqlab bo‘lmaydi. Dunyo Zelenskiydan charchagan, Qo‘shma Shtatlar esa bunday ahmoq va kalta yigitdan voz kechishi kerak”, — dedi siyosatchi. Ma’lumot uchun: KXDR Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganidan buyon Rossiyaga bir necha marta qurol yetkazishda ayblanadi.

🔹 Moskvada turar-joy binosida portlashlar sodir bo‘ldi - kuchli yong‘in boshlangan. OAVga ko‘ra, hodisa gaz ballonlarining portlashi tufayli sodir bo‘lgan. Odamlar omon qolish uchun derazadan sakrashgan. Qurbonlar bor.

🔹 Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘ldirilishi butun dunyoda Yaqin Sharqdagi vaziyat yanada keskinlashishi mumkinligidan xavotir uyg‘otdi. Eron prezidenti Ma’sud Pezeshkian Nasrullohning o‘limi “qarshilikni yanada kuchaytiradi”, deydi bayonotida.. Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Xomanaiy esa barcha musulmonlarni Isroilga qarshi turishga chaqirgan.

🔹 Bayden Tayvanga 567 million dollargacha harbiy yordam ko‘rsatishni buyurdi.

🔹 Sudan harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot BAA diplomatik missiyasi rahbarining Xartumdagi qarorgohiga zarba berdi.

🔹 Donald Tramp o‘ziga suiqasd qilingan Batlerga qaytib, u yerda miting o‘tkazishini aytdi. 13 iyulda Tramp Pensilvaniyadagi saylovoldi tashviqoti mitingida suiqasddan omon qoldi. Sentyabrda esa oyida Tramp hayotiga ikkinchi suiqasd - Florida sharqidagi xalqaro golf klubida bo‘lganida hujumga uchragan.

🔹 Yakshanbaga o‘tar kechasi Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Rossiyaning bir qancha hududlariga hujum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi bir kechada 125 ta dron urib tushirilganini da’vo qilmoqda.

🔹 Putin "har doim ham adekvat emas", lekin yadroviy quroldan foydalanishi dargumon , dedi Zelenskiy Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

🔹 Norvegiya hukumati Rossiya bilan chegarada butun 198 kilometrlik chegara bo‘ylab panjara qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.