Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Isroil Falastin prezidentining G‘azoga kirishiga to‘sqinlik qildi. Tramp boshqa davlatlarga bojlar bilan tahdid qildi
🔹 AQSh prezidentligiga mustaqil nomzod kichik Robert Kennedi Arizonadagi saylovoldi poygasidan chiqishga qaror qildi.
🔹 OAVda Isroil Falastin prezidenti Mahmud Abbosning G‘azo sektoriga tashrif buyurishiga to‘sqinlik qilgani aytilmoqda. “Biz ruxsat so‘ramadik. Prezidentning G‘azoga borishini e’lon qildik. Keyin prezident Mahmud Abbosning G‘azoga kirishiga ruxsat bermasligi aytilgan Isroilning javobi keldi”, — deyiladi Falastin prezidentining xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi bayonotida.
🔹 Ukraina Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Kiyevga tashrifini diplomatik muvaffaqiyat Rossiyaga qarshi hujum bilan birga olib borilishining isboti deb atadi.
🔹 Rossiyaning AQShdagi elchisi: "Putin Kursk viloyati uchun qasos olishni biladi. Putin Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga bostirib kirishiga javob choralarini allaqachon o‘ylab qo‘ygan".
🔹 AQSh Mustaqillik kunida Ukrainaga 125 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etmoqchi.
🔹 Arizona politsiyasi AQShning sobiq rahbari, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilgan shaxsni hibsga oldi.
🔹 O‘zini IShID a’zolari deb atagan jinoyatchilar Rossiyaning Volgograd oblastidagi 19-sonli ahloq tuzatish koloniyasini qo‘lga oldi. Ular 2 million dollar va vertolyot talab qilib, koloniyadagi odamlarni garovga olgan. Tarqalayotgan videolarda qonga belangan koloniya xodimlari aks etgan, uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan.
🔹 “Tolibon” muvaqqat hukumatiga qarshi bo‘lgan “Afg‘on ozodlik fronti” isyonchi tashkiloti a’zolari Kobulda uch nafar Tolibon rasmiysini o‘ldirgani xabar qilindi.
🔹 Iyul oyida Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining eng yirik importchisiga aylandi.
🔹Islandiyaning janubi-g‘arbidagi Reykyanes yarim orolida vulqon otildi. Islandiya meteorologiya idorasi hisob-kitoblariga ko‘ra, lava otilayotgan yoriqning umumiy uzunligi deyarli 4 km.