Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Parijga sayohat qiluvchilar soni keskin qisqarmoqda

🔹 Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari ochilishiga sanoqli kunlar qoldi. Tashkilotchilar sport festivali ko‘plab mehmonlarni jalb etishiga umid qilishgan. Biroq, sayohatchilar bu mavsumda Parijga bormayotganga o‘xshaydi. Odamlarni hatto maxsus taklif va chegirmalar ham jalb qilmayapti. Sayyohlarga sayohat cheklovlari, narxlar o‘sishi xavotir uyg‘otgan bo‘lishi mumkin.

🔹 Jahon banki endi Rossiyani yuqori daromadli davlatlar qatoriga kiritadi. Tashkilotning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda Rossiyada aholi jon boshiga yalpi milliy daromad darajasi 14250 dollarni tashkil etgan. Bolgariya va Palau yuqori o‘rta daromadli mamlakatlar toifasidan yuqori daromadli mamlakatlar toifasida. Jazoir, Eron, Mo‘g‘uliston va Ukraina daromadi o‘rtachadan past toifadan o‘rtadan yuqori daromadlilar toifasiga o‘tdi.

🔹 Yevropada o‘ng qanot partiyalari pozitsiyalarining mustahkamlanishi va Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovlarida ehtimoliy g‘alabasi fonida NATO davlatlari Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator chora-tadbirlarni tayyorladi. Xususan, alyans Ukrainaga harbiy ta’minotni yetkazish uchun mas’ul bo‘lgan yuqori martabali amaldorini jo‘natmoqchi. NATO Germaniyaning Visbaden shahrida harbiy texnika va qurol-yarog‘ yetkazib berish, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarini o‘qitishni tashkillashtirish uchun yangi qo‘mondonlik tashkil etishni rejalashtirmoqda.

🔹 Germaniyadagi deyarli barcha ishlab chiqarish kompaniyalari 2030 yilgacha quyosh energiyasiga o‘tishni rejalashtirmoqda. 2023 yilda boshlangan quyosh panellari narxining pasayishi korxonalarni quyosh energiyasiga faol o‘tishga undadi.

🔹 Isroil Livanga qarshi keng ko‘lamli urush boshlasa, Eron shia Hizbulloh harakatini qo‘ldan kelgancha qo‘llab-quvvatlaydi. Isroil Livan-Isroil chegarasida davom etayotgan otishma va keskinlik tufayli Hizbulloh bilan keng ko‘lamli mojaro yoqasida turibdi. Isroil Livan janubidagi Hizbulloh pozitsiyalarini, jumladan, infratuzilma va qurol omborlarini nishonga olgan. Vaziyat o‘ta keskinligicha qolayotgan bo‘lsa-da, Isroil mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishni talab qilmoqda deyiladi OAVda.

🔹 KXDR Raketa fanlari bosh boshqarmasi yangi taktik ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi.

🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena 4,5 million yevroga dunyodagi eng qimmat sport avtomobili - Bugatti Tourbillon giperkarini sotib oldi. Zelenskiy rafiqasining o‘tgan yildagi daromadi 316 ming dollardan ortiqni tashkil etgan.

🔹 Issiqko‘ldagi nomsiz cho‘qqiga "Birlashgan Millatlar Tashkiloti" geografik nomi berildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Cho‘lpon-Ota shahrida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Balandligi 5576 metr bo‘lgan cho‘qqi Issiqko‘l viloyatidagi Sari-Jaz tog‘ tizmasining bir qismidir.