Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Qozog‘istonda suv toshqinlari davom etmoqda. AQShda qotillik qilgan o‘smirning ota-onasi qamoqqa hukm olindi

🔹 Qozog‘istonda suv bosishi bilan bog‘liq vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Xususan, Petropavlovsk shahrida 2000 dan ortiq uy suv ostida qolgan. Barcha maktab o‘quvchilari masofaviy o‘qitish formatiga o‘tkazilgan. Mintaqada kuchli suv toshqini bilan kurashish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

🔹 Bugun, dushanba kuni xalqaro aviakompaniyalar Eron Isroilga javob zarbasi berganidan keyin parvozlarda uzilishlarga duch keldi. Eronning Isroilga 300 dan ortiq raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan javobi va ularning aksariyati AQSh qo‘llab-quvvatlagan Isroil havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgani "aviatsiya sanoatida tartibsizlikka olib keldi". So‘nggi ikki kunda o‘ndan ortiq aviakompaniyalar reyslarni bekor qilgan yoki yo‘nalishini o‘zgartirgan.

🔹Gruziya parlamentida “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasi vaqtida deputatlar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi.

🔹 Eronning Isroilga zarbalaridan so‘ng Isroil vazirlari va vazirlar mahkamasi a’zolari, Mudofaa kuchlari shtab boshliqlari Eronga zudlik bilan zarba berishni taklif qilishgan, biroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali suhbatdan keyin bu taklifni rad etgan.

🔹 So‘nggi kunlarda Rossiya-Ukraina jabhasida vaziyat yanada murakkablashdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy videomurojaatida ma’lum qiladi. U shu kunlarda frontdagi vaziyatni, ayniqsa Donetsk yo‘nalishida ahvolni og‘ir deya baholadi.

🔹 Britaniya qirollikdan deportatsiya qilingan noqonuniy muhojirlarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan to‘rtta davlat bilan muzokaralar olib bormoqda. Muzokaralarda Armaniston, Botsvana, Kot-d’Ivuar va Kosta-Rika ishtirok etmoqda.

🔹 Turkiya politsiyasi yaqinda Antaliyada ro‘y bergan arqonli kabinadagi halokatga aloqador besh kishini hibsga oldi. Moslamaning tayanch qismi qulagan va bir kishi halok bo‘lgan, 17 nafari yaralangan.

🔹 AQShda sud birinchi marta maktabda otishma sodir etgan o‘smirning ota-onasini qamoq jazosiga hukm qildi. Jennifer va Jeyms Krambliga mos ravishda 10 va 15 yil qamoq jazosi berilgan. "Ular farzandi tomonidan sodir etilgan ommaviy otishma uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan birinchi ota-onadir", deyiladi bayonotda.

🔹 Kiyev 2024 yil iyul oyi o‘rtalarigacha Qrim ko‘prigini buzishga harakat qilishi mumkin. Ekspertlar Ukraina tomoni ko‘prik yo‘liga zarba berish uchun 20-40 tagacha raketalardan foydalanishini taxmin qilmoqda.

🔹 Turkiyada kriptoinvestori Eronning hujumi tufayli kripto qulagani va xonavayron bo‘lganligi sabab tirda o‘zini otib o‘ldirdi.