Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Rossiyada pnevmoniya avj olmoqda

🔹 Suriyada isyonchilar so‘nggi to‘rt yildagi eng yirik hujumni amalga oshirdi. Ular Alepponi egallab, janubga yurishlarini davom ettirgan. Suriya armiyasi o‘nlab askarlari halok bo‘lganini, shuningdek, strategik ahamiyatga ega hududlar ustidan nazorat vaqtinchalik yo‘qolganini e’lon qildi. Ayni paytda Suriya qurolli kuchlari hukumatga qarshi kuchlarni siqib chiqarish uchun Aleppo, Idlib va Xama viloyatlarida oldinga siljimoqda.

🔹 "Ukraina qurolli kuchlari yo‘qotilgan hududlarni qaytarishga qodir emas", dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Kyodo"ga bergan intervyusida. Shuningdek, u Ukrainadagi urush “og‘ir davrga” kirganini qo‘shimcha qildi. Zelenskiy avvalroq Ukraina mojaroni 1991 yilgi chegaralariga qaytgunicha davom ettirishi kerakligini ta’kidlagan edi, biroq so‘nggi haftada buning imkoni yo‘qligi aytilmoqda.

🔹 Germaniya kansleri Olaf Shols muzokaralar olib borish uchun Kiyevga tashrif buyurdi.

🔹 Yaponiya Kuril orollari maqomini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba o‘z mamlakatining Kuril zanjirining janubiy qismidagi to‘rtta orolga hududiy da’volarini tasdiqladi. U Rossiya bilan tinchlik shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralarda ushbu hududlarga egalik qilish asosiy masala bo‘lib qolayotganini aytdi.

🔹 Gruziya hukumati ayrim muxolif partiyalarni konstitutsiyaga zid deb tan olish tashabbusi bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyatini ko‘rmoqda. Eslatib o‘tamiz, hukumat muxolifat partiyalarini konstitutsiyaviy tuzumni beqarorlashtirish va buzishga qaratilgan harakatlarda ayblasa, muxolifat parlament saylovlari natijalarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlab, hukumatni avtoritar boshqaruv usullarida ayblamoqda.

🔹 Rossiyada pnevmoniya bilan kasallanish to‘rt baravar oshdi. Ko‘pincha bolalar va immuniteti zaif odamlar kasallikdan aziyat chekishmoqda.

🔹 Qirg‘iziston banki o‘z tarixidagi eng qimmat kolleksiya tangasini muomalaga chiqardi. “Ayko‘l Manas” deb nomlangan tanganing old tomonida qordek oppoq Olatog‘ tog‘lari fonida o‘zining jangovar oti Oqkula minib chopayotgan qahramon Manas tasvirlangan.

🔹 Armaniston parlamentining muxolif deputatlari Boku bilan tinchlik shartnomasi imzolanishini talab qilmoqda.

🔹 Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatdagi so‘nggi voqealar fonida Turkiya bilan aloqa o‘rnatishga harakat qila boshladi. Suriya rahbari ikki vositachi orqali Turkiya rasmiylariga muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha taklif yuborgan.

🔹 Gvineyada futbol o‘yini vaqtida yuz bergan ommaviy mushtlashuvda 100 kishi halok bo‘ldi. Fojia "Nzerekore" muxlislari bahsli deb hisoblagan "Labe" darvozasiga penalti belgilanganidan keyin sodir bo‘ldi.

🔹 AQSh prezidenti Jo Bayden ikki sud ishida o‘g‘li Xanterni afv etishga qaror qildi. 54 yoshli Xanter Bayden qurol sotib olayotganda giyohvandlik faktini yashirganlik, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan. Tramp bu afvni haqorat deb atadi.

🔹 Kanada AQShga noqonuniy migratsiya oqimini kamaytirish uchun chegara nazoratini kuchaytiradi.

🔹 Meksikaning Guanaxuato shahridagi kafe va do‘konlarda sodir bo‘lgan otishmada sakkiz kishi halok bo‘lgan.