Xorijda koronavirusdan vafot etgan O‘zbekiston fuqarosini olib kelish va dafn qilish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
➖ COVID-19 kasalligi bilan ro‘yxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan bemorlar jasadi tegishli patanatomiya bo‘limi yoki Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy markazi va uning hududiy filiallariga qarashli jasad tashiydigan maxsus transport vositasida, epidemiyaga qarshi barcha chora-tadbirlarga rioya qilgan holda tashiladi;
➖ patanatomiya bo‘limi sud-tibbiy ekspertiza ilmiy markazi va uning hududiy filiallari, shuningdek, chet davlatlardan havo yo‘llari va avtomobil yo‘li orqali COVID-19 kasalligi bilan ro‘yxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan bemorlar tobuti uyga olib borilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabristonga olib borilib, dafn etiladi;
➖ mayitni kutib olish va qabristonga yetkazish tadbirlari alohida ajratilgan maxsus avtotransport vositasi yordamida amalga oshiriladi;
➖ mayitni maxsus transport vositasida olib borilmasdan, yaqinlari va qarindosh-urug‘lariga berib yuborish qat’iyan man etiladi;
➖ shaxsi aniqlanmagan va qarindoshlari tomonidan olib ketilishi rad etilgan jasadlar alohida ajratilgan qabristonga yuqorida qayd etilgan barcha qoidalarga rioya etgan holda dafn etiladi.
Bu haqda bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.