Xorijdagi vatandoshlarimiz muddatidan oldin ovoz berishdi

Shu kunlarda AQSh, Turkiya, Latviya, Italiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda tashkil etilgan saylov uchastkalarida ushbu mamlakatlarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berishni boshladilar.

Xususan, mamlakatimizning Anqara shahridagi elchixonasida tashkil etilgan 43-saylov uchastkasi va Antaliya shahridagi faxriy konsulxonasida muddatidan oldin saylov berish jarayoni davlatimiz madhiyasi sadolari bilan ochildi. Shundan so‘ng, Anqara, Antaliya va qo‘shni shaharlarda bo‘lib turgan vatandoshlarimiz saylovda muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etdilar.

Janubiy Koreyaning Inchon va Pochon shaharlarida O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mamlakatimizning Italiyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 16-saylov uchastkasida ham Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berildi.