Xorijdan qaytib kelishda ekspress usulda topshirilgan test natijasi inobatga olinadimi?
"O‘zbekiston havo yo‘llari" parvozlarida PZR usulida olingan tahlil natijalarini taqdim etish zarur.
Ekspress usulda topshirilgan test natijalari ishonchli bo‘lmasligi mumkin. Chunki bu tahlilda faqat virus bor-yo‘qligi aniqlanadi.
Bu esa keyin virus yuklamasi miqdorini tahlil qilish uchun PZR tekshiruvi o‘tkazishni talab qiladi.
Ba’zida ekspress testlar yolg‘on musbat natijani ko‘rsatishi mumkin. Bunday vaziyatlarda PZR tekshiruvi muhim ahamiyatga ega.
Shundan kelib chiqqan holda PZR usuli natijasini taqdim etish talab etiladi.
Boshqa davlatdan kelgan fuqarolar qaytgan mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, statsionar yoki o‘z tanloviga ko‘ra mehmonxonalarda karantin chora-tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda 7, 10 va 14 kun mutaxassislar nazoratida bo‘ladi.
Agar karantinga olingan davrida shamollash alomatlari kuzatilmasa, karantin so‘nggida qayta test topshirishadi. Virus aniqlanganda davolashga yo‘naltiriladi, manfiy natijada esa uyga ketishlariga ruxsat beriladi.
Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.