Xorijga ishlashga ketayotgan fuqarolarga imtiyozlar yaratiladi
Shuningdek:
* "O‘zbekiston temiryo‘llari" aksiyadorlik jamiyati va "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi 2018 yil 1 apreldan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga platskart va umumiy vagonlarga temiryo‘l chiptalari hamda iqtisodiy (ekonom) klass aviachiptalar narxlariga 20 foizgacha chegirma taqdim etadi.
* Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan har bir fuqaroga temiryo‘l va aviachipta xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash uchun 300 ming so‘m miqdorida beg‘araz to‘lov bir yilda bir marta amalga oshiriladi.
* Aksiyadorlik tijorat "Aloqabank"ning soddalashtirilgan ochish shartlari bilan "VISA-migrant" plastik kartalarini joriy etish hamda "Ipoteka-bank" tomonidan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga 1000 AQSh dollari ekvivalentida kredit ajratiladi.
* 2018 yil 1 maygacha - vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar ko‘p boradigan Rossiya va Qozog‘iston hududlari va shaharlariga yangi temiryo‘l yo‘nalishlari joriy etiladi.
* 2018 yil 1 iyungacha - vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar tomonidan talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda yangi yo‘lovchi poyezdlarni qo‘yish hamda platskart va umumiy vagonlar sonini ko‘paytirish, jumladan, ushbu yo‘nalishlardagi temiryo‘l poyezdi jo‘nashini hududiy temiryo‘l stansiyalaridan amalga oshirish belgilangan.
* Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari tuzilmasida umumiy 300 shtat birligida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar bilan ishlash sektorlari tashkil etiladi.