Xorijlik mehmonlar samarqandcha lutf bilan kutib olindi
- 25.08.2019 11:44
- 157
- Samarqand
Bugun yana Samarqand temir yo‘l vokzali orqali “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali doirasida YuNESKO shafeligida o‘tkaziladigan “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal qilish strategiyasi” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilari va ularga hamrohlik qiluvchi jami 91 nafar mehmon yetib keldi.





