Xotin-qizlar va bolalar huquqlari himoyasi: O‘zgarishlardan xabardorsizmi?

Samarqand viloyat sudida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat sudi, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari, viloyat oila va xotin-qizlar, yoshlar siyosati va sport hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, tuman, tumanlararo va shahar sudlari sudyalari va MIBning tuman, shahar bo‘limlari xodimlari videokonferensaloqa orqali qatnashdi.

Tadbirda xotin-qizlar va bolalar xuquqlarini tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilish takomillashtirilganligi, bolaning ta’minoti uchun aliment olish huquqlari, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘rovonlik uchun jazo choralari kuchaytirilganligi, aliment to‘lamaganlik uchun jazo sifatida jarima solinishi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish borasida uchrayotgan ayrim muammolarni samarali yechimiga erishish, bolalar huquqlarini moddiy tomondan himoya qilishda sud qarorlarining roli va ahamiyati, aliment undirishda Majburiy ijro byurolari organlariga yuklatilayotgan qo‘shimcha vazifalari va vakolatlar, oila va xotin-qizlar boshqarmalarining roli va vazifalari, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ommaviy sportga jalb qilish va ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, sudyalar tadbirda Jinoyat, Mamuriy javobgarlik va Jinoyat protsessual kodekslariga kiritilgan xotin-qizlar va bolalar xuquqlari bilan bog‘liq boshqa o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmuni to‘g‘risida ham tushuntirishlar beldi.

Tuyg‘un Qurbonov,
Samarqand viloyat sudi sudyasi.