Xususiy ta’lim va tibbiyot xizmatlari uchun tadbirkorlarga yer berish soddalashtiriladi

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda mazkur sohalar imkoniyatini to‘liq ishga solish uchun tadbirkorlarga aholiga yaqin, kompleks xizmatlar ko‘rsatish imkoni bor joylardan yer berish mumkinligi ta’kidlandi.

Shu bois mutasaddilarga bo‘sh yerlarni aniqlab, xususiy tibbiyot va ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun faqat ixtisosligi bo‘yicha auksionga chiqarish topshirildi.

Yig‘ilishda IT xizmatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3-3,5 foizga teng ekani, bu boradagi imkoniyatlar hali to‘liq ishga solinmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Kelgusi yilda tarmoqda kamida 30 foiz o‘sishni ta’minlab, xizmatlar hajmini 41 trillion so‘mga yetkazish, eksportni 2 karra oshirish muhimligi qayd etildi.