Xususiy tashkilotlarning qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat beriladi

“Yo‘l xaritasi”da jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagicha tadbirlarning amalga oshirilishi belgilangan:
• qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishni yanada takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish, xususan, nodavlat tashkilotlarga xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘riqlash faoliyatiga va xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berish;
• ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul bo‘linmalari xodimlari uchun mobil videokameralar hamda ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishning elektron tizimi plenshetlarini xarid qilish;
• alkogoldan o‘tkir mastlik holatida bo‘lib, o‘zining harakatlari bilan huquq-tartibotga xavf tug‘diruvchi shaxslarni vaqtincha izolyasiyalash va reabilitatsiya qilish uchun har bir tuman (shahar) sog‘liqni saqlash muassasalarida alohida xonalar (hushyorxona) ajratish.
O‘zA.