“Yagona milliy mehnat tizimi”ni joriy etish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari qarori bilan 2020 yilning 1 yanvaridan e’tiboran, mehnat shartnomalari elektron tarzda tuziladigan, mehnat daftarchasi esa elektron ko‘rinishda yuritiladigan bo‘ldi.

Tabiiyki, mazkur tizimga o‘tishda asosiy vazifa korxona va tashkilotlarning kadrlar bilan ishlovchi mutaxassislari zimmasiga yuklanadi. Aynan ularga yengillik yaratish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari huzurida tashkil etilgan “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKni boshqarish Direksiyasi tomonidan Respublika bo‘ylab seminar treninglar o‘tkazilyapti.

Samarqand shahrida Yoshlar markazida tashkil etilgan seminarda ishtirokchilarga  «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida yani my.mehnat.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish bo‘yicha ko‘rsatmalar, tizimda ishlash bo‘yicha tushunchalar berildi.

Bu kabi seminarlar Kattaqo‘rg‘on shahri va Urgut tumanida ham tashkil etildi. Ularda viloyatdagi barcha shahar va tumanlarda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislari malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.