“Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovining Samarqand shahar bosqichi o‘tkazildi

Samarqand shahar 5-son Madaniyat markazida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovining Samarqand shahar bosqichi Bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand shahridagi 6 ta madaniyat markazlari to‘garak ishtirokchilari, havaskorlar, havaskor jamoalar, ansambllar, yakka ijrochi hamda ko‘rik-tanlovda ishtirok etishni istagan 34 nafar fuqarolar qatnashdi.
Tanlov natijaciga ko‘ra, 1-son Kimyogarlar madaniyat markazidan Bobur Yusupovning “Vatan” va “Vatan hayotdek aziz” qo‘shig‘i
1-o‘ringa loyiq topilda va viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.