Yangi o‘quv yili yangidan bunyod etilgan maktabda boshlandi (foto)

Samarqand shahridagi Darg‘om, Shukrona, Madaniyat, Nurafshon kabi 6 mahallaning o‘quvchilari yangi qurilgan 540 o‘rinli 58-maktabda yangi o‘quv yilini boshladi.

Investitsiya dasturi asosida 4 milliard 750 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan maktabda o‘quvchilar uchun barcha sharoit mavjud.

Tantanali tadbirda Samarqand shahar XTB boshlig‘i R.Mahmudov va boshqalar o‘quvchilarni bayram bilan tabrikladi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan vatanni madh etgan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. Shuningdek, Samarqand shahar XTB boshlig‘i maktab o‘quvchilariga "Mustaqillik darsi" o‘tdi.