Yangi o‘quv yilidan 86 mingdan ortiq bola 1-sinfga boradi

Bugun viloyatda jami 1268 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 1260 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 8 tasi rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hisoblanadi.

Yangi o‘quv yilidan viloyatda 86751 nafar bola 1-sinfga qabul qilinmoqda. Viloyatdagi barcha ta’lim muassasalari va nodavlat maktablarining 1-sinfiga qabul qilingan bolalarga “Prezident sovg‘asi” berildi.

Bu yil viloyatda maktab o‘quvchilari soni 773350 nafarni tashkil qilmoqda. 2022-2023 o‘quv yilida maktablarda qo‘shimcha 6490 o‘quvchi o‘rni yaratildi.