Yangi o‘quv yilidan masofaviy o‘qitish joriy etiladi

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi. Bu haqda DTMning telegramdagi kanalida ma’lum qilindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Adliya hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan 2020 yil 1 avgustga qadar:

- masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibi belgilanadi;

- dasturiy-apparat kompleksi yaratiladi;

- tegishli OTMlarning o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasi joriy etiladi va zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlanadi.