“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining viloyat bosqichiga start berildi

Samarqand shahridagi o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashgan sport maktabida shu nomdagi sport musobaqasi hududiy bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikromov ushbu musobaqa milliy terma jamoalar uchun iqtidorli yoshlarni saralashda katta tanlov maydoni bo‘lishi bilan birga yurtimizda ommaviy sport targ‘ibotini kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.
Musobaqada 15-17 yosh toifasida taekvondo WT bo‘yicha tuman va shaharlarda o‘tkazilgan mintaqaviy bosqichda g‘olib bo‘lgan yoshlar ishtirok etmoqda.
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalari doirasida yoshlar dzyudo, boks, taekvondo WT, og‘ir atletika, yunon-rum kurashi, erkin kurash, yengil atletika, stol tennisi, badiiy gimnastika, basketbol sport turlari bo‘yicha bellashadi.
Musobaqaning viloyat bosqichi g‘oliblari har yili Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan Prezident olimpiadasida ishtirok etadi.
G‘oliblar uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi hamda birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinishi belgilangan. Bunda 1-, 2-kurs o‘quvchilariga tegishli tartibda stipendiya to‘lanadi.