Yangi O‘zbekistonning mafkurasi – ezgulik va insonparvarlik
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tashabbusi bilan Samarqand viloyati hokimligi, partiya viloyat kengashi hamda SamDU bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ana shunday nomlandi.
Tadbir Prezidentimiz raisligida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini targ‘ib etishga qaratildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, partiya raisi Alisher Qodirov, viloyat hokimi o‘rinbosari X.Ochilov, Markaziy kengash a’zolari, deputatlar, olimlar, ijodkorlar va yoshlar ishtirok etdi.
- Bugun har bir yosh faol bo‘lib, o‘z taklifi va fuqarolik pozitsiyasini bildirgan holda davlat va jamiyat qurilishida ishtirok etishi lozim, - dedi Alisher Qodirov. - Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda eng muhim bo‘g‘in oliy ta’lim muassasalari ekan, talabalik davridayoq ular o‘z ustida ko‘proq ishlashi ertangi hayotida nafaqat yaxshi kadr sifatida shakllanishi, balki el orasida katta hurmatga sazovor bo‘liga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan ochiq muloqotda talabalarning maktablarda qulay shart-sharoitlarni yaratish, zamonaviy ta’lim muassasalari barpo etish, ularda faoliyat yuritayotgan kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflari tinglandi.
O‘zMTDP Samarqand viloyat kengashi axborot xizmati.