Yangi yil turli mamlakatlarda: Tailandda hamma ho‘l, Yevropada Rojdestvo g‘o‘lasi, Braziliyada "yongan dengiz"

Tailandliklar Yangi yilni uch marta nishonlashadi: Yevropa, Xitoy Yangi yili va o‘z yil o‘zgarishi bayrami - Songkran. Songkran aprelda bir necha kun ketma-ket nishonlanadi. Bu vaqtda tailandliklar bir-birlariga baxt tilash uchun ko‘chaga chiqishadi va... boshdan-oyoq bir-biriga suv sepishadi. Qancha tez va ko‘p namlansa, shunchalik ko‘p baxt keladi.

***

Ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida Rojdestvo arafasida o‘choqqa yog‘och yoqish odati bor edi. An’anaga ko‘ra, g‘o‘la bir necha kun davomida kaminda yonishi kerak. Bu vaqt ichida daraxt sharob va asal bilan sug‘orilgan, unumdor va baxtli yilni ta’minlash uchun unga don va oziq-ovqat bo‘laklari sepilgan.

***

Vetnamda Yangi yil keksalar bilan birga nishonlanadi. Agar yetmish yoshdan oshgan odam yangi yil dasturxonida o‘tirsa, uning yoshi, donoligi barcha ishtirokchilarga tarqaladi.

***

Agar siz Gretsiya Yangi yiliga bormoqchi bo‘lsangiz, yo‘lda kattaroq toshni olishni unutmang. Yunonlar toshni uy egasi ostonasida boylik tilab qo‘yishadi. Agar katta toshingiz bo‘lmasa, eng kichigini olib, uy egalarining muammolari bu toshdan ko‘ra kichikroq bo‘lishini tilang.

***

Braziliyada "dengiz yonadi". Okean chiroqlar bilan porlaydi. An’anaga ko‘ra, odamlar dengiz ma’budasiga shamlar va tilaklar bitilgan qayiqchalar suzdirishadi.

***

Yaponiyada uylar baxt keltiruvchi bambukdan yasalgan xaskash bilan bezatilgan. Bu yerda yil quvonchga to‘lishi uchun ilk daqiqalarda baland ovozda kulishadi.

***

Shvedlar yangi yil arafasida qo‘shnilarining eshiklaridagi likopchalarni sindirib tashlashadi. Parchalar qanchalik kichik bo‘lsa, baxt shunchalik katta bo‘ladi.

***

Mikroneziya orollari (Okeaniya)da har yili odamlar o‘zlariga yangi nom olishadi. Yovuz ruhlar kelgusi yil ularni topa olmasin.

***

Ozarbayjonda bayramda barchani asal bilan siylashadi.

***

O‘zbekistonda ham Yangi yil har bir oilaga quvonch va baxtli lahzalar olib keladi. Do‘stona va mehmondo‘st xalqimiz, bayramni nishonlash jamul-jam bo‘lib, qavm-qarindoshdan xabar oladi. Gulchambar chiroqlaridan porlayotgan shaharlar, bezatilgan archa, turli maskanlarga oshiqqan qorbobo, qorqiz bolalarga quvonch, eng mazali milliy taomlar, yaxshi an’analar - barchasiga sharqona ekzotika yo‘g‘rilgan, yangi yil quvonchlarga boy bo‘lishi uchun sho‘x-shodon kutib olinadi.

Gulnora Xoldorova tayyorladi.