Yangi yilning ilk ish kunidan boshlandi g‘avg‘o...

Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarning betartib harakatlanishiga chek qo‘yilmadi-qo‘yilmadi-da.
Shaharning chekka hududi - Kimyogarlar qo‘rg‘onidan shahar markaziga qatnovchi jamoat transportlari o‘z vaqtida harakatlanmadi. Oqibatda 6-yo‘nalishdagi avtobuslar qatnamagan paytlardan foydalanib qoladigan, noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi «Damas» rusumli avtomashina haydovchilarining “kuni keldi”. Ular yo‘l kira haqini 2000 so‘mdan 3000 so‘mga ko‘tarib olishdi. To‘g‘rida, ular istagan narxda qatnaydi. Ishga kechikayotgan xalq, taksi narxidan ikki barobar arzon-ku, shunisigayam shukr, deb ketaverdi.
Kimyogarlar qo‘rg‘oniga kiraverishda o‘tgan yil oxirida ta’mirlangan ko‘chaga har yomg‘ir yoqqanda to‘planadigan suv 2020 yil boshidan boshlab ko‘l hosil qilishda davom etdi.
Vaholanki, chamasi 20 metr narida katta bir kanal esa suvga «tashna». Ushbu to‘planadigan suvni shu kanalga burib qo‘yish mutasaddilarning xayoliga ham kelmaydi.
To‘lqin SIDDIQOV.