Yangi yilning ilk kunida tajribali va nomdor futbolchilar narpaylik sportchilarga master-klass o‘tdi
- 02.01.2021 12:20
- 123
- Sport

Narpay tumanida yangi yilning ilk kunidanoq yoshlar va sport sohasida loyihalar ish boshladi.
Jumladan, No‘g‘ay mahallasidagi sun’iy qoplamali futbol maydonida tashkil etilgan mahorat darsi o‘yinlarida jahon va respublikamizning milliy va olimpiya jamoalarida to‘p surib kelayotgan futbolchilar - Islombek Kenjaboyev ("Jeju United" jamoasi, Janubiy Koreya), Rasulbek Yo‘ldoshev ("Bunyodkor", O‘zbekiston), Jasur Jaloliddinov ("Lokomotiv", Rossiya), Diyor Ramazonov ("Paxtakor", O‘zbekiston) hamda proligada to‘p surayotgan “Zirabuloq” jamoasi futbolchilari o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.
Sport tadbirida Narpay tumani hokimi Sh.Rahmonov ham ishtirok etdi va futbolning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, nomdor va yosh futbolchilar bilan birga maydonga tushdi, ularga sovg‘a-salom ulashdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Beozor onaizor
- Kecha, 19:53
- Mutolaa
Mustaqillikka 34 yil: Farovonlik manzaralari
- Kecha, 18:50
- Jamiyat
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashiladi
- Kecha, 16:47
- Jamiyat